IIV akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Jazoni ijro etish federal xizmatining Huquq va boshqaruv akademiyasi hamkorligida onlayn mashg‘ulot tashkil etildi.
Unda yuridik psixologiya va pedagogika kafedrasi dotsenti S. Luzin jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jamiyatga qayta moslashuvini ta’minlash, ularni ishlab chiqarish va mehnat faoliyatiga jalb qilish, kasbga yo‘naltirishni samarali tashkil etish mavzuida ma’ruza qildi.
* * *
IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan yoshlar o‘rtasida kiber va narkojinoyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilgan targ‘ibotda yoshlar jinoyatchiligining omillari va ularni bartaraf etish choralari atroflicha tushuntirildi.
* * *
IIV akademiyasida tashkil qilingan kitob yarmarkasida “Yangi asr avlodi” va “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyotlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar, xodimlar, tinglovchi va kursantlar o‘zlari qiziqqan janrdagi adabiyotlarni xarid qilishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati